O`zbekistonda Xitoy va Hindistonning etakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda motosikl texnikasini chiqarish bo`yicha bir yo`la ikkita zavod ishga tushirilishi reja qilinmoqda. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.
«Namangan viloyatida Xitoyning Lifan kompaniyasi bilan yangi korxona ochiladi. U erda skuter, motosikl va uch g`ildirakli yuk motorollerlari ishlab chiqariladi. Zavodni Norin mexanika zavodi bazasida yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — degan «O`zavtosanoat» rahbari Umidjon Salimov.
Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston tomoni eski xatolarini takrorlamoqchi emas, shu sababli ushbu segmentda raqobatni rivojlantiradi. Shu maqsadda, dedi u, «O`zavtosanoat» bunday loyihadan yana bittasini Hindistonning Bajaj kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushiradi.
«Navoiyda Hindiston bozorining etakchilaridan biri — Bajaj bilan zavodni ishga tushirish ustida ishlayapmiz. Biz ular bilan muzokaralar olib boryapmiz», — dedi Salimov.






