AsosiyDunyo

Falastinliklarning “yordam farishtasi” dafn etildi

'Falastinliklarning “yordam farishtasi” dafn etildi'ning rasmi

Falastinliklarning “Buyuk qaytish marshi”da ikki oydan beri ko`ngilli sifatida ishlab kelgan 21 yoshli hamshira Razzon Najjor dafn etildi, deya yozadi "Azon" nashri.

“Yordam farishtasi” nomini olgan Najjor 1 iyun kuni G`azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrining Isroil bilan chegarasida yaralanagan namoyishchilarga ko`mak ko`rsatishga urinayotgan payt isroillik snayperlar tomonidan o`qqa tutildi. U oq xalatda bo`lgan va ikki qo`lini ko`targan ko`yi yaradorlar tomon ketayotgan bo`lgan.

Razzon Najjor og`ir ahvolda kasalxonaga olib borildi. O`q uning ko`ksini teshib, sirtidan chiqqani ma`lum bo`ldi. Hamshira qiz kasalxonada vafot etdi.

Hamshira Najjor avvalroq “Anado`li” agentligiga bergan intervyusida norozilik namoyishlaridagi faoliyati haqida to`xtalib shunday degan edi: “Formam sof va qadrli insonlarning qoni bilan bo`yaldi. Men bundan faxrlanaman”.

    Boshqa yangiliklar