O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini o`tkazish tartibi Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegrammdagi sahifasida xabar qilindi.
Unga ko`ra, harbiy-professional tanlash tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida 1 iyundan 25 iyunga qadar Harbiy-texnik institutida o`tkaziladi.
Harbiy-professional tanlashda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o`tkaziladi: hujjatlarni o`rganish; psixofiziologik o`rganish; tibbiy ko`rikdan o`tkazish; yozma ish (diktant); kompyuter nexnikasi va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini bilish darajasini tekshirish; yakka tartibdagi yakuniy suhbat.






