AsosiyJamiyat

2014/2015 o`quv yili uchun bir yillik kontrakt miqdori tasdiqlandi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va tasarrufida oliy ta`lim muassasasi bo`lgan vazirlik va idoralar bilan kelishligan holda 2014/2015 o`quv yili uchun Respublika oliy ta`lim muassasalarida ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklar bo`yicha bitta talabani bir yillik o`qitish qiymati (2014 yil 1 sentyabrdan kiritiladi) tasdiqlandi.

Bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kontrakt miqdori 5,050,000 so`mdan  7,450,000 so`mgacha etib belgilangan.

Respublika oliy ta`lim muassasalarida ikkinchi ta`lim olish bo`yicha kontrakt miqdori 5,480,000 so`mdan 8,190,000 so`mgacha etib belgilandi.

Magistratura ta`lim yo`nalishlari bo`yicha kontrakt miqdori esa 5,480,000 so`mdan 8,190,000 so`m etib belgilandi. To`liq jadval bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar