Yakshanba kuni Xitoyning Yunnan provinsiyasida sodir bo`lgan zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni 589 nafarga etdi. Bu haqda XXRning fuqarolik ma`muriyati vazirligiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vazirlikning xabariga ko`ra, zilzila oqibatida bir milliondan ortiq kishi zarar ko`rgan. Jarohatlanganlar soni 2400 kishi bo`lsa, ofat sodir bo`lgan hududdan 240 ming kishi evakuasiya qilingan. Zilzila oqibatida o`n minglab uylar vayron bo`ldi.
Magnituda shkalasi bo`yicha kuchi 6,5 ballga teng bo`lgan zilzila yakshanba kuni Yunnan provinsiyasida sodir bo`ldi. Er silkinishi mahalliy vaqt bilan 16:30 da kuzatildi.





