AsosiyDunyo

Shumaxerning ayoli poygachiga chempionlikni olib kelgan Ferrari’ni sotmoqda

“Formula-1” bo`yicha etti karra jahon chempioni Mixael Shumaxerning turmush o`rtog`i Korinna Ferrari F-2000 bolidini sotmoqda. Bu haqda Eurosport xabar beradi.

Avtomobil Kaliforniyadagi auksionga qo`yilgan, uning boshlang`ich narxi 1,5 million evroga baholandi.

Aynan shu bolidda 2000 yil Shumaxer faoliyatidagi uchinchi chempionligiga erishgan.

Avvalroq, Korinna Shumaxer erining Falcon 2000 EX xususiy samolyotini 20 million evroga sotishi haqida xabar berilgandi.

Shumaxer 2013 yil dekabr oyi oxirida jiddiy jarohat olgan va o`shandan bo`yon Grenobledagi klinikada koma holatida bo`ldi. 16 iyun kuni esa sportchi komadan chiqqani haqida xabar berilgan va Lozannadagi reabilitasiya klinikasiga ko`chirilgan.

    Boshqa yangiliklar