Dushanba kuni Bangladeshdagi Padma daryosida bortida 200 nafardan ortiq yo`lovchi bo`lgan kema ag`darilib ketdi. Halokat oqibatida yuzlab kishilar bedarak yo`qolgan, 110 kishi qutqarib olingan.
Sinxua agentligining mahalliy polisiya vakillariga tayanib xabar berishicha, kema mahalliy vaqt bilan 11:15 da, poytaxtdan 37 km uzoqlikda ag`darilib ketgan. Halokat vaqtida kema me`yordan ortiq yuk bo`lgani aniqlangan.
Polisiya vakilining so`zlariga ko`ra, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Halok bo`lganlar soni aniq aytilmagan.





