Amerikalik bokschi Shennon Briggz AQShdagi kafelardan birida Vladimir Klichko bilan mushtlashmoqchi bo`ldi.
Klichko ovqatlanib o`tirgan payt Shennon uning yoniga kelib o`tiradi va Klichkoga “sen haqiqiy chempion emassan”,-deydi va uni bir necha bor baland ovozda haqoratlaydi. Shundan so`ng, Shennon Klichkoning taomini olib eyishni boshlaydi. Klichko hotirjamlikni saqlab, bir stakanga suv solib, Briggzning boshidan quyub yubordi. Shundan so`ng, amerikalik bokschi taom idishlarini otib sindirdi va Klichkoga tashlanmoqchi bo`ldi. Ammo, kafe qo`riqchilari uni tashqariga olib chiqib tashlashdi.
Day.az nashrining yozishicha, bokschi shu yo`l bilan Klichkoni ringga chaqirmoqchi. Shennon Briggz 2010 yili Klichko qarshi ringga chiqqan. 12 raund davom etgan bahsni Briggz bir qator jarohatlar bilan yakunlagan va mag`lubiyatga uchragan. Jangdan so`ng Klichko raqibidan xabar olgani shifoxonaga borgan edi.
2014 yil boshida esa Shennon Briggz Klichkoni buzib tashlash uchun ringga qaytishi va uni nakoutga uchratmagunicha uni tinch qo`ymasligini ma`lum qilgandi.





