Yaqin kunlarda bir qator elektron OAV saytlar tomonidan O`zbekiston hududida AQSh bazasi ochilishi haqidagi xabarlar tarqatildi. Ushbu vaziyatga O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati oydinlik kiritdi.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning “Frans Press” nashriga bergan ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga binoan, O`zbekiston Respublikasi “chet el xarbiy baza va ob`ektlarni o`z hududida joylashtirilishiga yo`l qo`ymaydi”.





