AsosiyJamiyat

Toshkent hayvonot bog`i 3 ta ohu bilan boyidi

Toshkent hayvonot bog`iga bitta erkak va ikkita urg`ochi ohular keltirildi. Ular lamalar yonidagi maydonchaga joylashtirildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Aytish lozimki, ilk kunlarda ular odamlardan nariroqda, ularga yaqinlashmagan holda yurishdi. Keyingi kunlarda esa ehtiyotkorlik bilan to`siqqa yaqinlasha boshladi. Ushbu hayvonlarning erkagida tana va bosh qismida uzunchoq oq dog`lar mavjud. Shoxining antiqa shakli esa ularni kiyiklardan ajratib turadi.  

Ohular o`zlari dastlab tarqalgan joyda hozirda noyob hayvonga aylangan. O`tgan asr boshida u Shimoliy Afrika va Evropaning janubida yo`qolib ketdi. Osiyo mintaqasida ham ohularning ayni turi ancha kamayib ketgan. Hozirda ularni faqat hayvonot bog`lari va mahsus qo`riqxonalarda uchratish mumkin. Tabiatga o`zgacha go`zallik berib turgan ohular o`zlarini o`z uylaridagidek his etishmoqda.

    Boshqa yangiliklar