AsosiyHi-tech

Shvesiyalik dasturchilar Orol dengizi haqidagi kompyuter o`yinini yaratishdi

Shvesiyadagi The Working Parts geym-studiyasi voqealari Orol dengizining qurib qolgan o`rnida kechadigan Residue: Final Cut sarguzasht o`yinini yaratdi. Bu haqda Podrobno.Uz xabar beradi.

O`yin relizi 1 avgust, juma kuni bo`lib o`tgan. Ma`lum bo`lishicha, bu o`yinning ikkinchi qismi bo`lib, birinchisi bundan bir yil avval taqdim etilgan ekan.

Residue’ning birinchi qismida o`yin qahramonlari Orol dengizini qutqarib qolish maqsadida Markaziy Osiyoga keladi. Biroq o`yinning ikkinchi qismida ruhiyat yanada pessimistik ko`rinish olgan.

Vayron bo`lgan dunyoni qutqarib qolish bo`yicha dastur ahvolni yanada qiyinlashtirgan bo`lib, oradan o`n yillar o`tib, to`rt kishi qachonlardir dengiz bo`lgan cho`lga keladi. Ularning har biri o`z maqsadi yo`lida harakat qiladi.

    Boshqa yangiliklar