AsosiySport

O`zbekiston plyaj futboli bo`yicha jahon reytingida 62-o`rinda qayd etildi

Plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi iyul oyi natijalariga ko`ra jahon reytingida 62-o`rinda qayd etildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar beradi.

Plyaj Futboli jamoalari reytingini hisob-kitob qilib boradigan plyaj futboli xalqaro reytingi dunyo terma jamoalarining so`nggi oy reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi jahon reytingida 62-o`rinda bormoqda. 

Iyul oyi reytingiga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi jahonda 62-o`rinda, Osiyo qit`asi jamoalari reytingida esa 12-o`rinda qayd etilgan. Osiyo jamoalari kuchli uchligini Eron (10), Yaponiya (12) va BAA (14) termalari band etishgan.

Ma`lumot uchun, plyaj futboli bo`yicha jahon reytingini amaldagi jahon chempioni - Rossiya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli uchlikni Braziliya va Ispaniya terma jamoalari to`ldirgan.

Eslatib o`tamiz, ayni damda Ahad Yusupov bosh murabbiylik qilayotgan plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi shu yilning noyabr oyida o`tkaziladigan plyaj sport turlari bo`yicha Osiyo O`yinlarida ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar