AsosiyDunyo

Xitoydagi zilzila oqibatida 381 kishi qurbon bo`ldi

3-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 16:30 da (Toshkent vaqti bilan 13:30 da) Xitoy janubi-g`arbidagi Yunnan provinsiyasida 6,1 balli zilzila 381 kishining hayotiga zomin bo`ldi.

1,9 ming kishi esa turli tan jarohatlarini olishgan. Bu haqda CBS telekanaliga tayanib, Ria novosti xabar beradi. Zilzila o`chog`i Chjaotun shahridagi Ludyan uezdi hududida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo`ldi. Ushbu uezdda 265 mingdan ortiq kishi yashaydi. Ayni vaqtda ushbu hududda telefon aloqasi uzilgan, qator binolar vayron bo`lgan, elektr uzatish liniyalariga zarar etgan. Xitoy OAVlari ta`kidlashicha, ushbu zilzila Yunnanda so`nggi 14 yil ichida yuz bergan eng kuchli er silkinishi sanalmoqda.

    Boshqa yangiliklar