O`zbekiston hukumati Rossiyaning «MTS» telekommunikasiya operatori bilan murosa bitimini imzoladi. Bu haqda «MTS» kompaniyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kelishuvga ko`ra, «MTS» O`zbekiston Respublikasi butun hududi bo`ylab davlat ishtirokidagi qo`shma korxona doirasida O`zbekistondagi mobil aloqa xizmatini ko`rsatish faoliyatini qayta yo`lga qo`yadi.
Shartnomaga asosan, «MTS»ning O`zbekistonda qayta tashkil etiladigan sho``basining 50,01 aksiyasi «MTS»ga, qolgan 49,99 foizi esa O`zbekiston Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari qo`mitasi huzurida tashkil etiladigan unitar korxonaga tegishli bo`ladi.
Xabarda yozilishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida murosa bitimida ko`zda tutilgan barcha proseduralarni yakunlab, 2014 yil oxiriga qadar mobil aloqa tarmog`ini tijoriy foydalanishga topshirishni rejalashtirishmoqda.
Murosa bitimiga asosan, O`zbekiston hukumati «MTS»ga 2G/3G/LTE tarmoqlari uchun lisenziyalar, zaruriy chastota diapazonlari, raqamlar sig`imini taqdim etadi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta`minlaydi, O`zbekistondagi faoliyat uchun zarur bo`lgan barcha ruxsatnomalarni beradi.





