AsosiyJamiyat

AQSh dunyo bo`ylab viza berishni vaqtincha to`xtatdi

AQSh davlat departamenti konsullik ishlari bo`yicha byurosining pasport va viza tizimida texnik muammolar kuzatilganligi sababli butun dunyo bo`ylab viza berishni vaqtincha to`xtatdi. Bu haqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ayni paytda AQSh davlat departamenti konsullik ishlari byurosining pasport va vizalar tizimida texnik muammolar kuzatilmoqda. Mazkur muammo butun dunyo bo`ylab kuzatilib, ayni bir davlat yoki fuqarolik xujjati yoxud viza toifasiga taalluqli emas. Mazkur muammo tufayli o`z pasportlarini, chet elda tug`ilganlik haqidagi konsullik hisobotini yoki VIZALARINI o`z vaqtida ola olmayotgan murojaat etuvchilardan uzr so`raymiz. Hozirda vujudga kelgan muammoni hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz va tizim tez orada qayta ish holatiga qaytishini kutmoqdamiz”,-deyiladi elchixona xabarida.

“Konsullik bo`limi vizangiz tayyorligi haqida xabardor qilish uchun siz bilan DS-160 anketangizda ko`rsatilgan telefon raqamingiz yoki elektron pochta manzilingiz orqali bog`lanadi. Afsuski, shu texnik muammo tufayli vizalarni chop etish jarayonini tezlashtirishimizning mutlaqo imkoni yo`q va vizalar tayyor bo`lish sanasi haqida ma`lumot bera olmaymiz. Sabringiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz”,-deyilgan elchixona tomonidan qoldirilgan e`londa.

    Boshqa yangiliklar