AsosiyJamiyat

Islom Karimov AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondonini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30 iyul kuni Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo`mondonligi qo`mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar muhokama qilindi. 

L.Ostin O`zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va bu munosabatlarni o`zaro manfaatli yo`nalishlarda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirib, Amerika Qo`shma Shtatlari O`zbekiston bilan ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini ta`kidladi. 

    Boshqa yangiliklar