AsosiyJamiyat

Islom Karimovga xorijiy davlatlar rahbarlaridan qutlovlar kelishi davom etmoqda

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O`zA xabar beradi.

Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog`liq, muvaffaqiyatlar, O`zbekiston xalqiga tinchlik, xotirjamlik, taraqqiyot hamda farovonlik tilab, ezgu va samimiy istaklar bildirilgan. 

Jumladan: 

Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi bin al-Husayn 

O`mon Sultoni Qobus bin Said 

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum 

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, Ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon 

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon 

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharif 

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika 

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam 

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun 

Islom hamkorligi tashkiloti Bosh kotibi Iyyad bin Amin Madaniy 

o`z tabriklarini yo`llaganlar. Qutlovlar kelishi davom etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar