AsosiySport

"Sport" kanali EChL va Osiyo o`yinlarini translyasiya qilmasligi mumkin

"Sport" kanali bu mavsum Evrofutbol o`yinlarini translyasiya qilishi so`roq ostida turibdi. Bu haqda Championat.asia sayti xabar bermoqda.

“«Sport» telekanali translyasiyalar studiyasi hodimlaridan birining so`zlariga ko`ra ko`p ehtimol bilan bu mavsumda Evropa milliy chempionatlari uchrashuvlari, shuningdek, nufuzi jihatidan klublar o`rtasida eng yuqori o`rinda turuvchi musobaqa - Evropa Chempionlari Ligasi o`yinlari namoyish etilmaydi”-,deyiladi xabarda.

Bundan tashqari yaqinda Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo o`yinlarining "Sport" telekanalida namoyish etilishi ham hozircha noma`lumligicha qolmoqda. 

    Boshqa yangiliklar