Xitoyda xalqaro ekspo-ko`rgazma 2018 o`z ishini boshladi, deya xabar qildi IVI.RU nashri.
Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.
Mamlakatning Guyjchou provinsiyasida tashkil etilgan “Big Data Industry Expo-2018” xalqaro ko`rgazmada 40 mingdan ortiq ishtirokchi kelishi kutilmoqda. Unda eng so`nggi texnika yangiliklari namoyish etilmoqda. Ko`rgazma davomida tijorat innovasiyalarini rivojlantirish bo`yicha sammit ham tashkil etildi.
Unda 8 ta mavzu yuzasidan muhokamalar o`tkazilmoqda. 60 ming kvadrat metr maydonda tashkil etilgan ko`rgazmada sun`iy intelekt bo`yicha tanlov xam bo`lib o`tdi. 4 kun davom etadigan “Big Data Industry Expo-2018” xalqaro ko`rgazmasida ishtirokchi kompaniyalar mahsulotlarini taqdim etish bilan birga o`zaro hamkorlik va almashinuv yuzasidan kelishuvlarga erishishmoqda.






