Xirosimaga yadro bombasini tashlagan “Enola Gey” samolyotining so`nggi ekipaj a`zosi AQShda 93 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi Daily Telegraph gazetasi.
“Gollandiyalik” laqabli Teodor Van Kirk Jorjiya shtatidagi qariyalar uyida olamdan o`tdi. Hujum davrida Teodor 24 yosh edi.
2005 yil Van Kirk intervyusi davomida urushdagi tajriba unga qurol va yadro bombalar hech narsani hal qilolmasligi isbotlaganini va erdagi barcha qurollarni yo`q qilinishini istashini aytgan.
“Enola Gey” samolyoti uchuvchisi 87 yoshli Morris Jeppson 2010 yilning aprelida vafot etgandi. 2007 yil esa uchuvchi va kamandir Pol Tibbets 92 yoshida olamdan o`tgan.
1945 yil 6 avgust kuni 8:15 da bombardimonchi B-29 samolyoti trotil ekvivalenti 20 ming tonnaga teng bo`lgan “Bolakay” nomli atom bombasini Xirosimaga tashlagan. Bomba shahardan 580 metr balandlikda portlagan. Oqibatda 66 ming kishi halok bo`lgan, 69 ming kishi yaralangan. Keyinchalik esa radiasiya oqibatida yana yuz minglab kishilar halok bo`lishgan. Afsuski, bu insoniyat tarixidagi atom energiyasini xarbiy maqsadda ilk bor foydalanishi bo`lgan.





