AsosiyDunyo

Rossiyada fillar paradi bo`lib o`tdi

'Rossiyada fillar paradi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida fillar paradi bo`lib o`tdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

Mazkur festival shaharning 315 yillik bayrami munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirlar doirasida bo`lib o`tdi. Nevskiy ko`chasidan boshlangan fillar paradi Sankt-Peteburgning boshqa ko`chalarida ham davom etdi. Shu sababli shaharning bir qancha hududlarida yo`llar yopilgan va avtomobillar harakati to`xtatilgan. Minglab odamlar esa ushbu noodatiy tomoshani bevosita guvoxi bo`lish uchun maydonlarga yig`ilishgan.

– Bizga bu tomosha juda yoqdi. Sababi biz fillarni kamdan-kam ko`ramiz. Ularni yaqindan ko`rish hayajonli bo`larkan. Bugun shahar aholisi va festivalga yig`ilganlarning barchasi a`lo kayfiyatda, – deydi tomoshabinlardan biri.

Ishtirokchi fillar hayvonot bog`idan olib kelingan bo`lib, ular qo`lga o`rgatilgan. Shunga qaramay maydonda odamlar xavfsizligini ta`minlash uchun barcha choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar