Kolumbiyada Prezident saylovlarining 1-bosqichi yakuniga etdi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.
Jarayonlar natijasiga ko`ra, ikki nomzod eng ko`p ovoz to`plab keyingi bosqichga o`tgan.
Saylov natijasiga ko`ra, mutloq g`olib aniqlanmadi. Shu sababli 17 iyun kuni saylovlarning 2-bosqichi bo`lib o`tadi. Birinchi bosqich yakunida ikki kuchli nomzod Demokratik markaz partiyasidan Ivan Duke va poytaxt Bogotaning sobiq meri Gustavo Petro boshqa raqiblariga nisbatan ko`p ovoz to`plagan. Kuzatuvchilarning ta`kidlashlaricha, hukumat Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuchlari bilan tuzgan tinchlik sulhining keyingi taqdiri Kolumbiyaning keyingi prezidenti kim bo`lishiga bog`liq bo`ladi.
Duke bir necha bor bu bitim o`zgartirilishi kerakligini, jumladan, Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuchlari KIQKning sobiq a`zolari sodir etgan qonunbuzarliklari uchun jazolanishlari kerakligini aytgan. Petro esa, aksincha, bitimning saqlanib qolishini qo`llab-quvvatlaydi.
17 iyun kun bo`lib o`tadigan ikkinchi bosqichdan so`ng ulardan biri amaldagi Prezident Xuan Manuel Santesning o`rnini egallaydi. Ivan Duke agar mamlakat rahbari etib tayinlansa, biznes uchun soliqlarni kamaytirishini va iqtisodiy rivojlanishni qo`llab quvatlashini ta`kidlamoqda. Uning raqibi Gustav Pedro esa kambag`allarga yordam ko`rsatish maqsadida iqtisodiy siyosatni qayta ko`rib chiqishga so`z bermoqda.






