Ayni kunlarda AQShning bir qator shtatlari va Kubada “Alberto” subtropik to`foni kuzatilmoqda, deya xabar berdi TASS nashri.
Kubaga yopirilgan to`fon ortidan kelib chiqqan yog`ingarchilik 8 soat ichida toshqinlarni keltirib chiqardi. Shu sababli ko`plab oilalar evakuvasiya qilindi. Toshqin Villa Klara viloyatida boshlangan bo`lib, endilikda katta tezlik bilan boshqa hududlar tomon harakatlanmoqda.
Tomas Zayas:
– Menga ushbu ofat zarar keltirdi. Toshqin tufayli uyimning birinchi qavati suv ostida qoldi. Hatto biror narsani olib chiqishga xam ulgurmadim. Uni qayta ta`mirlash menga qimmatga tushadi.
Shuningdek, “Alberto” AQShning Alabama, Florida va Missisipi shtatlarini ham chetlab o`tmagan. Avvalroq AQShning to`fonlarni kuzatish milliy markazi kuchli yomg`irlar va jiddiy toshqinlarga tayyor turish kerakligidan ogohlantirgan edi. Florida gubernatori Rik Skott hududda favqulodda vaziyat tartibi e`lon qilgan. “Alberto” subtropik to`fon markazi Atlantika ekani qayd etildi. Shtatlarda ham kuchli shamol va yog`ingarchilik holati davom etmoqda. Shamol tezligi soatiga 105 km.gacha etishi kutilmoqda.






