AsosiyDunyo

Evroparkda yong`in sodir bo`ldi

'Evroparkda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Germaniyaning Rust shahrida joylashgan Evropark ko`ngilochar bog`ida yong`in sodir bo`ldi, deya xabar berdi Segodnya nashri.

Ma`lumotlarga qaraganda, olov bog`ning pavilonlaridan birida kelib chiqqan va boshqa joylarga ham tarqagan. Alanganing balandligi 15 metrgacha etdi. Parkdan odamlar zudlik bilan evakuvasiya qilindi. Qurbonlar yo`q.

Yong`inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Hozirda olov baratarf etilgan bo`lib, ko`rilgan zarar hisoblanmoqda. Evropa bog`i mamlakatning eng katta ko`ngilochar maskani sanaladi. Bu erga har yili 5,6 milliondan ko`proq dam oluvchilar kelishadi.

    Boshqa yangiliklar