“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o`tkazilgan so`rovnoma O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirmonovich Mirziyoevga bo`lgan ishonchning yuksak darajasini va davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat o`zbekistonliklar tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanishini ko`rsatdi.
Ijtimoiy fikr 2018 yilning 18-21 may kunlari o`tkazildi. 18 yoshdan katta bo`lgan respondentlardan so`rov olindi, ularning 49,3 foizi erkaklar, 50,7 foizi ayollar edi. Respondentlarning yosh tarkibi: 18-20 yosh – 6,7%. 21-30 yosh – 29,8%, 31–40 yosh – 23, 2%; 41-50 yoshgacha – 16,5%, 51-60 yoshlardagilar – 13,1%, 61-70 yoshlardagilar – 6,4%, 71 yosh va undan kattalar – 4,3%. Respondentlarning millat tarkibi: o`zbeklar – 87,5%; Markaziy Osiyo xalqlari (qirg`iz, qozoq, tojik, turkman, qoraqalpoqlar) vakillari – 8,8%; slavyanlar (ruslar, ukrainlar, belaruslar) – 1,8%, boshqa millat vakillari (tatarlar, koreyslar va boshqalar) – 1,9%. So`ralganlarning ish bilan bandligi tarkibi: ishlaydiganlar – 64,7%; talabalar va ta`lim olayotganlar – 7,2%; nafaqaxo`rlar – 9,2%; uy bekalari va bolani parvarish qilish uchun ta`tilda bo`lganlar – 13,1%, vaqtincha ishsizlar – 5,8%.
Fuqarolarning aksariyat qismi – 91,9 foizi Shavkat Mironovich Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishini yuqori baholaydi. Bu raqamlar 2017 yil oktyabridan 2018 yil mayga qadar 2,6 foizga o`sdi. O`zbekiston xalqi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda islohotlar siyosatining asosiy yo`nalishlarini qo`llab-quvvatlaydi. Fuqarolarning so`zlariga ko`ra, Prezidentimiz rahnamoligida davlat va jamiyatni har tomonlama va jadal rivojlantirish, fuqarolarning farovonligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Fuqarolarning aksariyat qismi – 92,5 foizi mamlakat Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan siyosat aholining umidlari va ishonchini to`liq oqladi, deb hisoblaydilar.
O`zbekistonliklarning fikricha, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar: davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, sud hokimiyatining mustaqilligini ta`minlash, milliy xavfsizlik tizimini tubdan isloh qilish, faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish mexanizmlarining huquqiy kafolatlari va ularni takomillashtirish, soliq va bojxona, bank-moliya tizimini rivojlantirish, qishloq xo`jaligini isloh qilish va ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish hamda ijtimoiy uy-joy qurilishi ko`lamini kengaytirish bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish fuqarolarning umid va ishonchiga mos kelgan.
Tadqiqot natijalari mamlakatimiz Prezidenti tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tashqi siyosatning umumdavlat ko`magida hal qiluvchi omil ekanini tasdiqlaydi. So`rov ishtirokchilarining aksariyat qismi – 92,2 %, hisoblaydiki, O`zbekiston jahon hamjamiyatidagi o`z pozisiyasini sezilarli darajada mustahkamladi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalarini hal qilishda sezilarli natijalarga erishdi, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirmoqda, yaqin va uzoq xorij davlatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy sohalarda o`zaro manfaatli aloqalarni faol rivojlantirmoqda. Ijtimoiy fikr so`rovnomasi aholining O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo`lgan ishonchini yuqori darajada ekanini va davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatda o`zbek xalqini har tomonlama qo`llab-quvvatlashini ko`rsatdi. So`rov natijalari shuni ko`rsatdiki, o`zbekistonliklarning mutlaq ko`pchiligi Shavkat Miromonovich Mirziyoev fuqarolarning umidlari va ishonchi oqlab, xalq orasida yuksak obro`ga ega, mamlakat aholisining mutlaq qo`llab-quvvatlanadigan rahbardir. So`rov natijalariga ko`ra, mamlakat prezidentiga ishonch darajasi 2017 yil oktyabr oyida 93,1% dan 2018 yil may oyida 94,1% gacha oshdi. Aholining turli qatlamlari, erkaklar va ayollar, yoshlar, o`rta va keksalar vakillari turli sohalarda faoliyat yuritib, mamlakat Prezidentiga to`liq ishonch bildirdilar. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar o`zbekistonliklar jamiyatining barcha sohalarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda, mamlakatda sodir bo`layotgan o`zgarishlar fuqarolarning hayotini farovon bo`lishiga olib kelmoqda.






