Evropa chempionlar ligasi finalida "Real" "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag`lub etdi, deb yozadi Olamsport nashri.
Shu tariqa, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu faoliyatida beshinchi bor ushbu musobaqa g`olib chiqdi. Dunyodagi boshqa hech bir futbolchi EChLni bunchalik ko`p yuta olmagan. Ronaldu bir bor MYu safida va to`rt bor "Real" safida chempion bo`ldi.






