Sud tibbiyot ekspertizasi vakillari Kubada halokatgga uchragan Boeing 737-200 samolyoti qurbonlari jasadini tekshiruv ishlarini yakunladi.
Elatib o`tamiz, Boeing 737-200 samolyoti 18 may kuni Gavana – Olgin yo`nalishi bo`yicha parvozni amalga oshirayotib, halokatga uchragan edi. Samolyotda ekipaj bilan birga 113 kishi bor edi, ularning 112 nafari halok bo`ldi. Hozirga qadar hayot bo`lgan so`nggi yo`lovchining ahvoli jiddiy ekanligi aytilmoqda. Avvalroq uch kishining tirik qolgani aytilgandi. Ulardan ikki nafari keyinroq shifoxonada halok bo`lgan.
Halokatga uchragan Boeing 737-200 Damojh kompaniyasiga tegishli bo`lib, bir oycha avval laynerni ekipaji bilan birga Cubana de Aviacion kompaniyasiga ijaraga bergan edi. Meksika Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi tekshiruvlar yakunlangunga qadar Damojh aviakompaniyasining faoliyatini to`xtatishga qaror qilgan.






