Ramazon oyi boshlanganidan buyon ko`pchilikni qaysi mamlakatlarda qancha vaqt mobaynida ro`za tutayotganliklari qiziqtiradi.
UMI matbuot xizmatining xabariga ko`ra, misol uchun mamlakatimizda ro`zadorlar har kuni qariyb 16 soatdan ortiqroq vaqt mobanida ro`zador bo`ladilar.
Ro`za vaqtini hisoblashda mamlakatning geografik joylashuvi va yil fasli hisobga olinadi. Ba`zi paytlarda ro`za tutish vaqti ayrim mamlakatlarda uch soatgacha to`ri kelishi mumkin.
Biroq 2018 yilda Ramazon oyi uzun kun va qisqa tun bo`ladigan paytga to`g`ri kelgan. Saxarlik va iftorlik vaqtini oddiy ko`z bilan aniq aytish noqulay, buni Er sharining shimoliy hududlarida yashovchi xalqlardan ko`rish mumkin. Ushbu hududlarda tun yorug` kechgani sababli tun vaqti qisqa bo`lmoqda.
Ushbu yilda eng uzun ro`za vaqti Islandiya mamlakatida kuzatilmoqda. Ushbu mamlakatda tun vaqti bor yo`g`i 4 soat davom etadi. Evropaning boshqa qismlari (Turkiya, Ispaniya)da esa kun uzoqligi 16 soatdir.
Er sharining janubiy qismida joylashgan mamlakatlardan bo`lgan Argentinada eng qisqa ro`za tutish muddati to`g`ri keladi. Bu vaqt o`rtacha 11 soat 46 daqiqani tashkil etishi aniqlangan. Avstraliyada ham ro`zadorlar 11 soat 50 daqiqa davomida ro`za tutishlariga to`g`ri kelmoqda.
Arabiston yarimorolidagi mamlakatlarda esa ro`za tutish vaqti 14 soat 22 daqiqani tashkil etmoqda.






