Yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida 2014 yilning birinchi yarmida respublika va mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 143 tashkilotda tekshiruv o`tkazildi.
Tekshiruvlar davomida Navoiy viloyati mahalliy byudjetining 2013 yilgi ijrosini o`rganishda qiymati 508,4 million so`mlik soliq, yig`im va boshqa to`lovlar qo`shimcha hisoblandi va shuning 429,6 million so`mi undirildi.
Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash uchun ajratilgan byudjet mablag`laridan maqsadli va manzilli foydalanishni o`rganish bo`yicha o`tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari davomida o`zini o`zi boshqarish organlari amaldagi me`yoriy hujjatlarni buzgan holda, oilalar daromadini etarli darajada o`rganmasdan, qalbaki hujjatlar asosida va komissiyalar qarorisiz nafaqa hamda moddiy yordam berilgani aniqlandi.
Natijada Qiziltepa tumanidagi 34 ta o`zini o`zi boshqarish organida 56 nafar fuqaroga 31,5 million so`m, Navbahor tumanining 22 ta o`zini o`zi boshqarish organida 60 nafar fuqaroga 39,4 million so`m, Nurota tumanidagi 18 ta o`zini o`zi boshqarish organida 61 nafar fuqaroga 23,6 million so`m va Xatirchi tumanidagi 29 ta o`zini o`zi boshqarish organida 36 nafar fuqaroga 29,3 million so`m nafaqa va moddiy yordam noto`g`ri tayinlangan va shuning 63,8 million so`mi to`langan.
Tekshiruv natijalariga asosan yo`l qo`yilgan kamchilik va nuqsonlar bartaraf qilindi, inventarizasiya bo`yicha o`zgartirilgan ma`lumotlar tuman soliq organlariga taqdim etildi.
O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasining to`liq hisoboti bilan O`zA saytida tanishishingiz mumkin.





