AsosiyDunyo

Poroshenko jurnalistlar faoliyatiga chek qo`ymoqda

'Poroshenko jurnalistlar faoliyatiga chek qo`ymoqda'ning rasmi

Ukraina Prezidenti Petr Poroshenkoning mamlakatdagi qator OAV lar faoliyatini taqiqlovchi farmoni mamlakatda ko`plab noroziliklarni keltirib chiqarmoqda.

AQShda joylashgan xalqaro «Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasi» ushbu farmonni bekor qilish va jurnalistlar huquqlarini tiklashni talab qilgan.

Mazkur qo`mita dasturining Evropa va markaziy Osiyodagi muvofiqlashtiruvchi vakili Nina Ognyanova o`z bayonotida bu holatni jiddiy qoralagan.

Budan tashqari, Jurnalistlarni himoya qilish qo`mitasiga avvalroq Ukraina hukumati "RIA Novosti Ukraina" bosh muharriri Kirill Vishinskiyni davlatga hiyonatda, agentlikni esa Ukrainaga qarshi “informasion urush” olib borganlikda ayblab, hibsga olgani va uning idorasida tintuv ishlarini o`tkazganligi haqida xabarlar kelib tushgan.

Payshanba kuni Kiev sanksiyalar ro`yxatiga "Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligini va "RIA Novosti Ukraina" portalini kiritdi. Shuningdek, "Rossiyasegodnya.rf", "Sputniknews.com", "Ria.ru", "Rsport.ria.ru", "1prime.ru","realty.ria.ru" saytlariga kirishni taqiqlab qo`ydi.

Rossiya OAVlari Ukrainaning bunday xatti-xarakatini zo`ravonlik deb baholadi. Rossiyaning Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta`kidlashicha, “bu qabul qilib bo`lmaydigan holatdir”. Rossiya elchixonasi Ukraina tashqi ishlar vazirligiga OAV ustidan zo`ravonlikni to`xtatishini talab qilib ikkita nota yubordi.

    Boshqa yangiliklar