AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2018 yil 1 iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

'O`zbekistonda 2018 yil 1 iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi'ning rasmi

O`zbekistonda 2018 yil 1 iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi viloyat boshqarmasi bo`lim boshlig`i Abdurashid Rahimov nashrga bergan intervyusida O`zbekiston prezidentining 2018 yil 26 apreldagi "Fermer, dehqon ho`jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Qaroriga asosan endilikda tomorqasidan samarali foydalangan fuqarolar pensiya yoshiga etgach, muammoga duch kelmasligini aytgan.

"Chunki mazkur qaror ijrosiga ko`ra, 2018 yil 1 iyuldan boshlab dehqon xo`jaligi va 4 sotixdan kam bo`lmagan tomorqa erida band bo`lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo`lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug`urta badali to`lasa, ularning kelajakda pensiya ta`minoti mavjudligi ta`minlanadi", - deb ta`kidlagan Rahimov.

Shuningdek, qo`shimcha qilinishicha, 2018 yil 1 iyuldan boshlab fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`liq to`lanishi yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar