AsosiyJamiyat

Samarqandda avtotransport vositasini olib qochish jinoyati ko`paygan

'Samarqandda avtotransport vositasini olib qochish jinoyati ko`paygan'ning rasmi

Yilning birinchi choragida viloyatda 6 ta avtotransport vositasini olib qochish holati qayd etilgan. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan bittaga ko`pdir. O`lim bilan bog`liq yo`l-transport hodisalari esa 30,3 foiz (10 ta)ga ko`paygan.

Bu ma`lumotlar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining viloyat hududida 2018 yil uch oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, uning sabablarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risidagi axborotida bayon etilgan, deb yozadi O`zA.

Shuningdek, axborotda yozilishicha, yilning birinchi choragida viloyatda umumiy jinoyatchilik 34 foiz (427 ta)ga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 36 foiz (300 ta)ga kamaygan. Jumladan, qasddan odam o`ldirish 35,3 foiz (6 ta)ga, nomusga tegish 85,7 foiz (6 ta)ga, bezorilik 64,3 foiz (9 ta)ga, qasddan badanga engil tan jarohati etkazish 73,3 foiz (74 ta)ga kamayishiga erishilgan. Profilaktika tadbirlari tufayli viloyatdagi 1086 ta mahallaning 732 tasida jinoyat sodir etilishiga yo`l qo`yilmadi.

Shu bilan birga ayrim hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida kamchiliklarga yo`l qo`yilgani qayd etildi. Oqibatda Samarqand shahri va Pastdarg`om tumanida qotillik jinoyati 1 tadan ko`paygan.

    Boshqa yangiliklar