AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi jurnalistika fakultetlari yopiladi

'Poytaxtdagi jurnalistika fakultetlari yopiladi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti va O`zbekiston davlat jahon tillari universitetidagi “Jurnalistika” fakultetlari, shuningdek, “Oliy jurnalistika kurslari” tugatiladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 maydagi “O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetini tashkil etish to`g`risida”gi qarori bilan O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti tashkil etildi.

2018/2019 o`quv yilidan boshlab Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti va O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jurnalistika (faoliyat turlari bo`yicha)” ta`lim yo`nalishi va uning negizidagi magistratura mutaxassisliklari, shu jumladan, “Oliy jurnalistika kurslari” bo`yicha qabul to`xtatiladi. Ushbu ta`lim yo`nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar o`qishni bitirgunlariga qadar mazkur oliy ta`lim muassasalarida o`qishini davom ettiradilar.

    Boshqa yangiliklar