AsosiyJamiyat

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 14 nafar tashkilot faoli davlat granti asosida o`qishga kiradi

'O`zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 14 nafar tashkilot faoli davlat granti asosida o`qishga kiradi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqining faol a`zolarini oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo`yicha respublika komissiyasi nizomiga muvofiq, tashkilotning 14 nafar faoli OTMga davlat granti asosida o`qishga kirish imkonini qo`lga kiritdi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «O`zbekiston yoshlar ittifoqining faol a`zolariga oliy ta`lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to`g`risida»gi qarori O`zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ko`p yillik mehnat stajiga ega bo`lgan fidoyi, o`zining etakchilik qobiliyatini namoyon qilgan, vatanparvar, mehnatsevar va boshqa insoniy fazilatlar egasi bo`lgan yoshlarni qo`llab-quvvatlashda muhim huquqiy asos bo`lmoqda.

Mazkur qarorga asosan tanlovning mahalliy bosqichlarida 5 ming 492 nafar nomzodning arizalarini tuman (shahar) komissiyalari qabul qilib olgan. Nomzodlar orasida 815 nafari sardor, 1 ming 908 nafari boshlang`ich tashkilotlaridagi yo`nalish etakchisi hamda 2 ming 769 nafari Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo`lgan fidoyi yoshlar bor.

Respublika komissiyasi hududiy komissiyalar tomonidan taqdim etilgan 42 nafar nomzodni baholash mezonlari asosida ko`rib chiqib, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 nafardan, jami 14 nafar eng munosib yoshlarni saraladi.

    Boshqa yangiliklar