AsosiyJamiyat

Respublikamiz bo`ylab “Kitob bayrami” bo`lib o`tmoqda

'Respublikamiz bo`ylab “Kitob bayrami” bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Ushbu tadbir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`limi, Madaniyat vazirliklari, Xotin-qizlar qo`mitasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 maydagi yig`ilish bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi (O`zMAA) tomonidan 2018 yil 24-25 may kunlari “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida Respublika “Kitob bayrami” o`tkazilmoqda.

Ikki kun davomida bo`lib o`tadigan tadbir doirasida poytaxt markazidagi Sayilgoh ko`chasida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida 100dan ziyod nashriyotlar, ijodiy uylar, matbaa korxonalari hamda kitob savdosi tashkilotlari tomonidan kitob va kitob mahsulotlari ko`rgazmalari tashkil etilmoqda.

O`zA

    Boshqa yangiliklar