“Barselona” yarim himoyasichi Xavi qishki transfer davrida kataloniya klubini tark etadi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Yangi mavsumni futbolchi “Barselona” tarkibida boshlaydi. Ammo, yanvar oyida “Nyu-York Siti” tarkibiga borib qo`shiladi.
Xavi AQSh klubi bilan shaxsiy kelishuvga ega, shartnoma 2 yilga tuzilishi kutilmoqda.
O`tgan mavsum Xavi “Barselona” tarkibida 30 o`yinda ishtirok etib, 3 gol kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.





