AsosiyDunyo

Fransiyada polisiya va namoyishchilar o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tdi

'Fransiyada polisiya va namoyishchilar o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tdi  'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parij shahri ko`chalarida namoyishlar o`tkazayotgan mahalliy aholi vakillari va polisiya o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda 120.su nashri.

Ko`p sonli ishchilar ish joylarining va sharoitining yomonligi sabab norozilik namoyishlari o`tkazishmoqda. Ular kasaba uyushmalari faoliyatiga va Prezident Emmanuel Makronning olib borayotgan iqtisodiy islohotlariga qarshi ekanliklarini ta`kidlashmoqda. Odamlar davlat idoralari oldida turli aksiyalar o`tkazishgan.

Odamlarni tarqatishga kirishgan polisiya xodimlari va namoyish ishtirokchilari o`rtasida to`qnashuvlar sodir bo`ldi. Buning oqibatida atrofdagi bino va do`konlarga katta miqdorda zarar etgan. To`qnashular natijada 17 kishi hibsga olindi. Bu kabi holat mamlakatning 140 ta shaharlarida kuzatilmoqda. Namoyishlarda davlat idoralari xodimlari, maktab o`qituvchilari, shifokorlar va boshqa turli kasb egallari ham bor.

    Boshqa yangiliklar