AsosiyDunyo

Afg`onistoning Qandohor shahrida portlash sodir bo`ldi

'Afg`onistoning Qandohor shahrida portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Afg`onistoning Qandohor shahrida portlash sodir bo`ldi, deya ma`lum qildi Korrespondent.net nashri.

Qandohor shahrida sodir etilgan portlash oqibatida 16 kishi halok bo`ldi.Bundan tashqari, yana 36 nafar inson yaralangan. Ular orasida yosh bolalar ham bor. Ma`lumotlarga ko`ra, potlovchi qurilma mikroavtobusga o`rnatilgan va u shahar markazida harakatga keltirilgan. Shundan so`ng, atrofda to`s-to`palon boshlangan.

Hujumni sodir etgan shaxslar xaqida aniq ma`lumotlar berilmagan. Ushbu holat terroristik hodisa sifatida baholanmoqda. Biroq voqea uchun javobgarlikni hech bir terroristik tashkilot o`z zimmasiga olgani yo`q. Afg`onistonda yil boshidan beri portlashlar natijasida qurbon bo`lganlar soni yuzdan oshib ketdi. Ularning asosiy qismi qobulda qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar