AsosiyDunyo

Hindistonda grippga o`xshash yangi vurs aniqlandi

'Hindistonda grippga o`xshash yangi vurs aniqlandi'ning rasmi

Hindistonda grippga o`xshash yangi vurs aniqlandi, deya xabar qilmoqda Robo-hunter.com nashri.

Kasalik tufayli hozirga kelib 10 nafar inson hayotdan ko`z yumdi.

Sog`liqni saqlash xodimlari mamlakatning janubiy qismlarida juda kam uchraydigan virus xaqida xabar berishmoqda. Uning alomatlari grippga o`xshash bo`lib, u bevosita miyaga ta`sir ko`rsatadi. Ushba kasallik alomatlari bilan o`nlab odamlar kasalxonaga olib kelingan. Ularning 10 nafari esa hayotdan ko`z yumdi.

Hindiston hukumatining tegishli xodimlari va Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti vakillari kasallik tarqagan hududlarda nazorat ishlarini olib bormoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, virus tana suyaklari orqali badanga tarqaladi va enfesalit yoki miyaning yallig`lanishiga olib keladi. Nipax virusiga qarshi emlash uchun xozircha vaksinalar yo`q.

    Boshqa yangiliklar