Kolumbiyada suv to`g`onining buzilish xavfi ortib borayotgani tufayli favqulodda aholini evakuasiya qilish jarayoni boshlandi, deya xabar qildi Today.tj nashri.
Kauka daryosidagi suv devori buzilish arafasiga kelib qolgan bo`lib, mamlakat Prezidenti Xuan Manuel ushbu hududga tashrif buyurib, vaziyat bilan tanishdi. Hozirda daryoga yaqin bo`lgan 25 ming aholi boshqa joylarga evakuvasiya qilindi.
Xuan Manuel:
– Hozirga kelib 4 ta shaharda xavsizlik yuzasidan evakuvasiya ishlarini olib bordik. Aholining 19 ming nafari kerakli boshpana bilan ta`minlangan. Qolganlarni ham joylashtirishga harakat qilmoqdamiz. Eng muximi, insonlar hayotini saqlab qolishdir.
To`g`oning buzilishi ko`plab shaharlarda suv toshqini yuzaga keltiradi. Gidroelektrik stansiyaning qurilishidagi nosozlik to`g`oning buzilishiga olib kelmoqda. Loyihaga 4 milliard dollar sarflangan bo`lb, u Kolumbiyadagi 17 foiz elektr energiyasi ishlab chiqarilishga mo`ljallangan.






