Kongo Demokratik Respublikasida tobora keng tarqalib borayotgan ebola virusining yana bir necha kishining umriga zomin bo`ldi, deya xabar berdi IVI.RU nashri.
Mamlakatning Iboka shahrida virus bilan zararlangan 7 ta holat aniqlandi. Ayni paytda butun mamlakat bo`ylab qayd etilgan ebola bilan bog`liq holatlar soni 51 taga etgan. Umumiy hisobda esa qurbonlar soni 28 tani tashkil qilmoqda. Avvalroq ular soni 14 nafar edi. Sog`liqni Saqlash tashkilotlari aholi zich joylashgan hududlarda kerakli choralar olib borishmoqda. Biroq ular Kongodagi daryolar va havo bilan bog`liq bo`lgan muamolardan havotirga tushishmoqda.
Aholidan esa iste`mol qilayotgan mahsulotlari va ichimlik suviga o`ta ehtiyot bo`lish talab etilmoqda. Mazkur holat nafaqat insonlar salomatligiga, balki mamlakat iqtisodiyotiga ham o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Ebola virusi ilk bora 1976 yilda Ebola daryosi bo`yida paydo bo`lgan. U 2013–1016 yillar oralig`ida esa Gvineya, Serra-Leone, Liberiya kabi Afrika davlatlarida keng tarqalgan.






