Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda bo`lib o`tgan saylovlarda g`alaba qozongach, o`z vazifasiga qayta kirishdi, deya xabar bermoqda Segodnya nashri.
Maduro AQSh diplomatlariga mamlakatni tark etishlari uchun 24 soat vaqt bergan.
20 may kuni Venesuelada o`tgan Prezident saylovlarida Nikolos Maduro 68 foiz ovoz to`plab qayta saylangan. U mamlakatning rahbari sifatida rasman e`lon qilindi. Shundan so`ng Maduro Venesuela Prezidenti sifatida AQShning yangi sanksiyalariga javoban amerikalik ikki diplomat mamlakatdan chiqarib yuborilishini e`lon qilgandi.
N.Maduro:
– Men Prezident sifatida AQSh uchun mas`ul vakil Tod Robinson va siyosiy masalalar bo`limi boshlig`i janob Brayan Naranjoni mamlakatimizdan chiqib ketishlaru uchun 24 soat vaqt beraman. Agar ular o`z roziliklari bilan ketsalar, bu ularning Venesuela xalqiga xurmatlarini bildiradi.
Maduro AQSh elchixonasi mamlakatdagi harbiy, iqtisodiy, siyosiy masalalarga aralashganini ta`kidladi va yaqinda buni isbotlovchi dalillarni barchaga taqdim etishini qo`shimcha qilgan. AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert Venesueladan amerikalik ikki diplomat chiqarib yuborilganiga izoh berib, Maduroning ikki martabali diplomatlar xaqidagi barcha aylovlarini rad etdi. Eslatib o`tamiz, bundan avval Tramp Maduroga chaqiriq bilan chiqqandi. AQSh 18 may kuni esa Venesuelaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilganini bildirdi.






