AsosiySport

Pirloning xaylashuv matchi (Video)

'Pirloning xaylashuv matchi (Video)'ning rasmi

“Milan”, “Yuventus” jamoalari va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo xayrlashuv matchini o`tkazdi, deya xabar bermoqda Sports.ru nashri.

“San-Siro”da bo`lib o`tgan o`yinda “Oq yulduzlar” va “Ko`k yulduzlar” Pirloning klub bo`yicha sobiq sheriklari durangga erishishdi (7:7).

Pirloning o`zi ikkala jamoa uchun o`ynadi. Antonio Konte va Karlo Anchelotti “oq”larni boshqarishdi, Roberto Donadoni, Mauro Tassotti va Massimiliano Allegri esa “ko`k”larga etakchilik qilishdi.

“Oq yulduzlar”: Dida Abyatti, Bonuchchi, Kellini, Zanetti, Kostakurta, Favalli, Zambrotta, Yankulovski, Maldini, Oddo, Nesta, Shimich, Baronio, Kamoranezi, Gattuzo, Leonardo, Lempard, Pirlo, Ruy Koshta, Pepe, Pirlo, Verratti, Vidal, Bajo, Di Natale, Yakvinta, Filippo Indzagi, Matri, Totti, Pato, Veri, Del Pero.

“Ko`k yulduzlar”: Buffon, Storari, Adani, Bardzali, Kafu, Bonera, Diana, Ferrara, Kaladze, Materassi, Serjino, Pirlo, Brokki, Diamanti, De Rossi, Markizio, Perotta, Zeedorf, Albertini, Ambrozini, Borrello, Ronaldino, Teves, Luka Toni, Ventola, Kassano, Shevchenko, Kualyarella.


Boshqa yangiliklar