AsosiySport

Qosimov jurnalistlardan bu jamoani milliy terma jamoa deb yozmaslikni so`radi

Shu kunlarda Osiyo o`yinlarida ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda 9 kunlik yig`in o`tkazmoqda.

Yig`in doirasida bu jamoa kecha “Navbahor”ga qarshi nazorat bahsini o`tkazib, 5:1 hisobida g`alaba qozondi. O`yindan so`ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov qisqacha intervyu berar ekan, jurnalistlardan bu jamoani milliy terma jamoa deb yozmaslikni so`radi, deya xabar beradi Championat.asia.  

“Avvalo jurnalistlarga bir narsani aytib qo`yishim kerak, bu milliy terma jamoa ham, olimpiya termasi ham emas, - deya ta`kidladi Mirjalol Qo`shoqovich. - Bu Osiyo o`yinlarida ishtirok etadigan jamoadir. 1991 yilda tug`ilgan va undan kichik futbolchilardan iborat jamoa. Lekin ko`p joylarda O`zbekiston milliy terma jamoasi yig`in o`tkazyapti deb yozilyapti”. 

“Navbahor”ga qarshi bahsning birinchi bo`limida to`p surgan yigitlar ham yomon harakat qilishmadi. Faqat birinchi taymda “Navbahor” o`zining asosiy tarkibini qo`ygani bois bizga qiyin bo`ldi. Ikkinchi taymda tarkibni to`liq yangiladik. Raqib safida ham o`zgarishlar bo`ldi. Shundan so`ng o`yinimiz qovushib ketdi. Lekin jamoa o`yinini yanada o`stirish kerak. Osiyo o`yinlarida bizga oson bo`lmaydi”,-dedi Mirjalol Qosimov.

    Boshqa yangiliklar