Braziliyaning shimoliy qismida muxojirlar qayig`i qutqarib olindi, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Maronxo shtatining rasmiylari bergan ma`lumotlariga ko`ra, G`arbiy Afrikadan qayiqlarda kelayotgan 27 nafar qochoqlarni qutqarib olingan. Ular orasida Nigeriya, Senegal, Gvineya, Sierra-Leon kabi Afrika davlatlari fuqarolari bo`lgan. Qochoqlar o`z vatanlaridagi qurg`oqchilik va ocharchilik muammosi tufayli Braziliya tomon yo`l olishdi. Qayiqlar 5 hafta davomida dengizda suzgan. Manzilga yaqinlashganida esa ular halokatga uchradi. Qochoqlar mamlakat dengiz floti tomonidan qutqarildi.






