AsosiyJamiyat

Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida Qaror imzolandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida Qaror imzoladi.

O`zbekiston musulmonlari idorasining 2014 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 28 iyul dushanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2014 yil 28 iyul kuni dam olish kuni deb e`lon qilindi va shu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg`armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlariga Ramazon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o`tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirilishi topshirildi.

    Boshqa yangiliklar