O`zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilishni tashkil etish to`g`risidagi nizom qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Unda yaqin qarindoshlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan so`ng bolani bolalar bog`chasidan olib ketishga ruxsat beruvchi avvalgi qoida yo`q. Bolani faqat ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar (vasiylar) olib ketishi bo`yicha qoida qoldi.
Ota-onalar kechki payt bolani olib ketmaganda tarbiyachi uni uyigacha olib borib qo`yishga majbur emas va endi bunday qilolmaydi. Bola bog`chada qoladi.
Shuningdek, endi har kuni ertalab tarbiyachilar hamshira nazorati ostida bolalarning tibbiy holatini tekshiruvdan o`tkazishga majbur bo`ladi.
Bolalar bog`chasidan tashqaridagi barcha sayr va ekskursiyalar ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bu haqda ota-onalar ham xabardor qilinadi.






