Saudiya Arabistonidagi Jidda shahri sudi ikki ayolni 10 kun qamoq va 20 darra zarbaga hukm qildi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar bermoqda.
Ayollardan biri boshqa bir qarindoshini Whatsapp messenjeri orqali haqoratli gaplar yuborgalikda aybladi.
Sudyalar Ramazon oyligini inobatga olib ham ayollarni yarashtira olishmadi.
Sud ularni 10 kun qamoq va 20 darra jazoga hukm qildi. Ayollar sud hukmidan norozi bo`lishdi va apellyasiya berishlarini ma`lum qilishdi.





