AsosiyShou-biznes

​Said Ahmad haqidagi film uchun aktyorlar tanlanmoqda (foto)

'​Said Ahmad haqidagi film uchun aktyorlar tanlanmoqda (foto)'ning rasmi

“O`zbekkino”Milliy agentligi buyurtmasi bilan taniqli yozuvchilar va zamondoshlarimiz hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan “Said va Saida” nomli badiiy filmi ishlanmoqda.

“Cinema-servis” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan ushbu badiiy film stsenariy muallifi – Nodira Husanxo`jaeva, postanovkachi rejissyor – Nozim Abbosov.

Filmda yozuvchi Said Ahmadning tuhmat bilan qamalishi, qatag`on qilinishi hamda rafiqasi Saida Zunnunovaning sadoqati bilan bog`liq voqealar, ularning o`zaro yozishmalari, hayotiy voqealar aks ettiriladi.

Hozirda ijodiy guruh suratga olishga tayyorgarlik ishlarini olib borish bilan birga, filmdagi bosh rollarni ijro etadigan aktyorlar uchun kino-sinovlar o`tkazmoqda.

Filmning tasvirga olish ishlari 2018 yilning iyun oyida boshlanadi.


    Boshqa yangiliklar