Rossiyada ishlashni istagan muhojirlar Rossiya tarixidan 19 ta sana va 50 nafar shaxsni bilishlari lozim. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
2015 yilning 1 yanvaridan Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha yashash yoki ishlash istagida bo`lgan mehnat muhojirlari uchun test joriy etilmoqda. Test savollari rus tili, Rossiya tarix va RF qonunchiligi haqida bo`ladi.
Ma`lumotlarga ko`ra, test 20 ta savoldan tashkil topadi va asosan Rossiya tarixi bilan bog`liq 19 ta sana va 50 nafar xarbiy, yozuvchi, shoir va siyosatchilar haqida savol bo`ladi. Shuningdek, muhojir chet el fuqarosi boshqa mamlakat hududida o`zini qanday tutishi to`g`risida bilimga ega bo`lishi lozim.





